Marketing Mix 24-oktabr · Toshkent · 10:00 – 13:00
24-oktabr•Toshkent•10:00 – 13:00

Sotuv — bu to‘g‘ri tuzilgan
marketing strategiya va rejaning natijasi

Marketing strategiya praktikumi — 5 qadamni ko‘rsataman, bittasini birga yozamiz

Ra’no Jabbor

Ra’no Jabbor — marketolog-strateg:

  • 18 yil — xalqaro darajadagi marketolog-strateg
  • 13 bo‘lim — marketing strategiyasining to‘liq metodikasi
  • Oyiga $500 000 reklama byudjetini boshqarganman

Ishtirok — 249 000 so‘m. Joylar cheklangan, manzilni ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboramiz.

Men ishlagan kompaniyalar

Tanish holat

Shulardan birortasi sizga tegishlimi?

01
📉

Savdo tushib ketgan

Sababini aniq bilmaysiz. Bozormi, narxmi, raqobatchimi — taxmin bor, raqam yo‘q.

02
📱

Reklamaga pul ketyapti

Bloggerlarga va targetga berasiz. Qamrov bor, ko‘rish bor — buyurtma yo‘q.

03
🔁

Mijoz qaytib kelmaydi

Bir marta xarid qiladi va yo‘qoladi. Har oy yangi mijoz qidirib boshdan boshlaysiz.

Besh qadam

Marketing strategiya qanday tuziladi

13 ta bo‘lim beshta qadamga joylangan. Har biri bitta savolga javob beradi. Javoblarni nonushtada birga topamiz.

Qadam 01

Qayerda turibsiz

Biznesingizni bir gapda tushuntirib bera olasizmi? Hammasi shu savoldan boshlanadi.

Qadam 02

Qayerga borasiz

«Savdoni oshirish» — maqsad emas. Nega bunday ekanini stolda ko‘rsataman.

Qadam 03

Kim sotib oladi

«Hamma» degan mijoz yo‘q. Sizniki kim — bitta misolda topamiz.

Qadam 04

Nima bilan ajralib turasiz

Nega aynan sizdan sotib olishsin? Javobi aksariyat tadbirkorda yo‘q.

Qadam 05

Byudjet va yillik reja

Qaysi oyda nima qilinadi. Yozilmagan reja — reja emas.

Ro‘yxatdan o‘tish

Joyingizni band qiling

24-oktabr · Toshkent · 10:00 – 13:00

Telegram orqali yoziling

Ishtirok narxi: 249 000 so‘m

Joylar cheklangan. Manzilni yozilganlarga yuboraman.

Nonushtadan keyin

Ertasi kuni nima o‘zgaradi

Uch soat ichida hamma narsa hal bo‘lmaydi. Lekin ikkita aniq narsa qo‘lingizda qoladi.

01 Segment

Qaysi guruh bilan ishlashni ball bilan aniqlaysiz

Mijozlaringiz bir xil emas. Qaysi biri sizga haqiqatan foyda keltirayotganini stolda hisoblab chiqamiz. Ko‘pchilik uchun natija kutilmagan bo‘ladi.

02 Avatar

Mijozingizning portretini yozib ketasiz

Reklama matni o‘ylab topilmaydi — u bitta odamning javoblaridan chiqadi. O‘sha odamni nonushtada topasiz.

Fikrlar

Biznes nonushtadan keyin nima o‘zgardi

★★★★★
Avval bloggerlarga reklama berardim — ko‘rishlar, qamrov yaxshi edi, lekin sotuv bo‘lmasdi. Ra’no opa nonushta davomida segment tushunchasini juda oddiy misol bilan tushuntirib berdilar. Shunda xato qayerda ekanini tushundim: men hammaga yoqishga harakat qilayotgan ekanman. Endi esa aniq bir auditoriyaga gapiraman va taklifimni ham shunga moslayman.
MahbubaAyollar kiyimi biznesi
★★★★★
Reklamaga har oy ancha mablag‘ sarflardim, lekin nima uchun natija chiqmayotganini tushunmasdim. Nonushtada Ra’no opadan birinchi marta marketing faqat reklama berishdan iborat emasligini tushundim. Uyga borgach, o‘zimga uchta savol berdim: kimga sotmoqchiman, nima uchun aynan mendan xarid qilishadi va oyma-oy qanday ishlayman? Shu savollar menga biznesimga boshqacha qarashga yordam berdi.
NazokatKonditer

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Qachon va qayerda bo‘ladi?
24-oktabr, shanba, 10:00 – 13:00, Toshkent markazida. Aniq manzilni ro‘yxatdan o‘tganlarga yuboramiz.
Qancha davom etadi?
Uch soat. Birinchi qism — strategiyaning beshta qadami. Ikkinchi qism — amaliy: har bir ishtirokchi o‘z biznesi bo‘yicha bloknotga yozadi, keyin birga ko‘rib chiqamiz.
Marketingni bilmayman, kelsam bo‘ladimi?
Ha. Strategiya oddiy savollardan boshlanadi: nima sotasiz, kimga sotasiz, nega sizdan sotib olishadi. Atamalarni yodlash shart emas.
Narxi qancha?
Ishtirok narxi — 249 000 so‘m. To‘lov tartibini ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin yuboramiz.
Viloyatdan kela olmasam-chi?
Formani baribir to‘ldiring va «viloyatdanman» deb belgilang — masofaviy format haqida birinchi bo‘lib sizga xabar beramiz.
Ro‘yxatdan o‘tgach nima bo‘ladi?
Siz bilan bog‘lanamiz, joyingizni tasdiqlaymiz va aniq manzilni yuboramiz.

Joylar cheklangan

Ajab emas, biznesingizning haqiqiy BREND bo‘lishi shu marketing praktikumidan boshlansa

Joyingizni band qilish uchun ro‘yxatdan o‘ting